Saytdan izlash

Saqlangan xabarlar

Sizda hozircha saqlangan xabarlar yo'q!

Yangiliklarni o'qish

Telegram kanalimizga obuna bo'ling

Respublikamizda bo'layotgan xabarlarni @Data859 👈 ga yuboring.

Jahonda va yurtimizda bo'layotgan eng so'nggi yangiliklarni bizning kanalda topishingiz mumkin.

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

2025-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi Samarqand shahrida oʼtkaziladi.

Ko'rishlar: 153
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-martdagi PQ-128-son qaroriga koʼra, Sessiya “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasida oʼtkaziladi.

✅Sessiyaga tayyorgarlik doirasida:

👍Samarqand shahridagi tegishli madaniy meros obyektlarini asrashga doir ishlar hamda immersiv va mavzuli koʼrgazmalar tashkil etiladi;

👍Madaniy yodgorliklarni saqlash va restavratsiya qilish boʼyicha xalqaro tadqiqot markaziga aʼzo boʼlishi uchun rasmiy ariza topshiriladi;

👍Oʼzbekistondagi shaharlar, noyob madaniy va tabiiy meros obyektlarini tegishlicha YUNESKOning Ijodkor shaharlar hamda Taʼlimni targʼib etuvchi shaharlar tarmoqlariga, shuningdek, xalqaro roʼyxatlarga kiritish choralari koʼriladi;

👍Sessiyaning mamlakatimizda oʼtkazilishining ahamiyati, shuningdek, Oʼzbekiston jahon siyosatining markazlaridan biriga, global tashabbuslar muallifiga aylanib borayotganini atroflicha ochib berishga qaratilgan targʼibot-tashviqot ishlari tashkil etiladi.

Mavzuga aloqador: