Saytdan izlash

Saqlangan xabarlar

Sizda hozircha saqlangan xabarlar yo'q!

Yangiliklarni o'qish

Telegram kanalimizga obuna bo'ling

Respublikamizda bo'layotgan xabarlarni @Data859 👈 ga yuboring.

Jahonda va yurtimizda bo'layotgan eng so'nggi yangiliklarni bizning kanalda topishingiz mumkin.

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Хоразмда яна бир кутубхона очилди.

Ko'rishlar: 2 753
“USTOZ” KUTUBXONA MAJMUASI

Urganch shahrida yana bir xususiy kutubxona majmuasi ochildi. Zamonaviy loyiha asosida barpo etilgan “Ustoz” nomli xususiy kutubxona majmuasi oʻz ishini boshladi.
Yuz mingga yaqin kitob fondiga ega majmuada kitobxonlar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Oʻquvchilar bir vaqtning oʻzida adabiyotlarni shu joyning oʻzida mutolaa qilishlari, oʻqish uchun uyga olib ketishlari yoki sotib olishlari mumkin. Shuningdek, bu yerda issiq choy, kofe, tabiiy sharbatlar savdosi ham yoʻlga qoʻyilgan.

Aholini, ayniqsa yoshlarni kitobxonlikka jalb qilishdek xayrli tashabbusning boshida turgan Sharifboy ota Abdullayev bunday davomli ishdan hecham charchamaydi. Oʻgʻli Quvondiq Abdullayevning astoydil mehnatlari, saʼy-harakatlari bilan bugungi kunda viloyatda yettita kitob doʻkoni va kutubxona tashkil qilingan.

Kutubxona-kitob doʻkoni majmuasining ochilish tantanasida Xorazm viloyati hokimi oʻrinbosari S.Salayev ishtirok qilib, tashkilotchilarni samimiy muborakbod qildi. Tadbirda soʻzga chiqqan viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshligʻi D.Bekchanova, maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi rahbari B.Abdrimov va boshqalar kitobxonlikni keng targʻib qilishda oʻzining samarali mehnatlari bilan elda aziz va hurmatli insonlarga minnatdorchilik bildirdilar. Soʻzga chiqqanlar tomonidan kutubxona majmuasiga turli mazmundagi adabiyotlar toʻplami topshirildi. 
Tadbir soʻngida Sharifboy ota Abdullayev tadbirga kelgan barcha kitobsevarlarga, bolalar va yoshlarga, ziyoli insonlarga chuqur minnatdorchilik bildirdi.

Hayotini kitob bilan bezayotgan, kitobni targʻib qilib, millatning haqiqiy gʻururi va faxriga aylangan bu oila aʼzolariga kuch-quvvat, ishlariga yanada rivoj tilaymiz.

Mavzuga aloqador: