Saytdan izlash

Saqlangan xabarlar

Sizda hozircha saqlangan xabarlar yo'q!

Yangiliklarni o'qish

Telegram kanalimizga obuna bo'ling

Respublikamizda bo'layotgan xabarlarni @Data859 👈 ga yuboring.

Jahonda va yurtimizda bo'layotgan eng so'nggi yangiliklarni bizning kanalda topishingiz mumkin.

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Хоразмда сенсация.

Ko'rishlar: 158
🇺🇿 Vatanimiz mustaqilligining 34 yilligiga munosib tuhfa. 

Urganch shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi yangi binosi foydalanishga topshirildi. 

✅ Endilikda bu binoda fuqarolarimizga yanada sifatli va samarali shaklda ijtimoiy xizmat va yordamlar ko'rsatiladi. Har tomonlama zamonaviy arxitekturaga asoslangan binoning qurilishi uchun 10,065 mlrd.soʻm mablagʻ ajratildi. Umumiy maydoni 1600 metr kvadrat bo'lib, Urganch shahri markazida joylashgan. Transport qatnovi uchun qulay nuqta tanlangan. Nogironligi bor bo'lgan shaxslar uchun binoga kirib - chiqishda zarur barcha jihatlarga e'tibor berilgan. Xususan ko'zi ojizlar uchun taktil qoplamali yo'laklar binoning ham ichki ham tashqi qismida mavjud. Shuningdek, panduslar qulayligi, baland qavatga ko'tarilish uchun maxsus lift, nogironligi bor bo'lgan shaxslarga moslashtirilgan sanuzellar mavjud. Binoda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to'liq to‘siqsiz muhit yaratilgan bo'lib, maxsus infratuzilma ishlab chiqildi. 

Ochilish marosimida Xorazm viloyati hokimi Jo'rabek Raximov hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining o‘rinbosari Jamshid Abruyev va bir qator tashkilotlar rahbarlari, nuroniylar, jamoatchilik vakillari hamda Ijtimoiy himoya tizimidagi xodimlar ishtirok etdi. 

Ushbu zamonaviy yangi bino — "Inson qadri" e'zozlangan Yangi O‘zbekistonning ijtimoiy davlat tamoyili asosida katta qadam tashlaganining yorqin ifodasi. 

https://hurriyat-zamon.uz/1540

Mavzuga aloqador: